«jo bayden» tegli maqolalar


Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi
17 fevral 2023, 21:14 1

Jo Bayden Shavkat Mirziyoyevga maktub yo‘lladi

AQSh prezidenti O‘zbekiston prezidentiga yo‘llagan maktubida AQSh uchun O‘zbekiston bilan iqtisodiyot va energetika sohalarida aloqalarni rivojlantirish, shuningdek, mamlakat siyosiy tizimini modernizatsiya va isloh qilish bo‘yicha sa’y-harakatlarni qo‘llab-quvvatlash ustuvor vazifa hisoblanishini ta’kidladi.

Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga hamdardlik bildirdi
2 oktabr 2022, 17:45

Shavkat Mirziyoyev Jo Baydenga hamdardlik bildirdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSh prezidenti Jo Baydenga «Ien» to‘foni qurbonlari va vayronagarchiliklari munosabati bilan hamdardlik bildirdi.

Jo Bayden Ukrainaga qurol yuborish uchun lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi
10 may 2022, 13:07

Jo Bayden Ukrainaga qurol yuborish uchun lend-liz to‘g‘risidagi qonunni imzoladi

AQSh prezidenti Jo Bayden Ukrainaga yengillashtirilgan tartibda qurol yetkazish imkonini beruvchi lend-liz bo‘yicha qonunni imzoladi. Bu qurollarni yetkazishda byurokratik to‘siqlarni chetlab o‘tish imkonini beradi.

Jo Bayden Ukrainaga 600 mln dollar yordam ajratishni topshirdi
26 fevral 2022, 11:25

Jo Bayden Ukrainaga 600 mln dollar yordam ajratishni topshirdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Davlat departamentiga Ukraina uchun 600 mln dollarlik yordam ajratishni topshirdi. Ushbu mablag‘larning 350 mln dollar mudofaa sohasiga yo‘naltiriladi.

Jahon yangiliklari dayjesti
21 fevral 2022, 23:00

Jahon yangiliklari dayjesti

Jo Baydening Rossiya Ukrainaga hujum qilmasa, Putin bilan uchrashishga rozi bo‘lgani, Yaponiyada mamlakatdagi ilk vodorod poyezdi sinovdan o‘tkazilgani, Ozarbayjon Armanistonning sobiq prezidentlari Kocharyan va Sargsyanga qidiruv e’lon qilgani, DXR va LXR Rossiyadan respublikalarning mustaqilligini tan olishini so‘ragani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jahon yangiliklari dayjesti
16 noyabr 2021, 22:20

Jahon yangiliklari dayjesti

Armanistonning Ozarbayjon bilan chegarada 12 askarni asirga olingani, AQSh prezidenti Jo Bayden XXR raisi Si Szinpinga Xitoyga qarshi blok yaratmaslikka va’da bergani, o‘zbek millatiga mansub rossiyalik MMA jangchisining AQShda shifokorni o‘ldirib qo‘ygani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Jo Bayden Kobuldagi portlashlardan keyin ISHIDga qarshi hujumlarni tayyorlashni buyurdi
27 avgust 2021, 12:17

Jo Bayden Kobuldagi portlashlardan keyin ISHIDga qarshi hujumlarni tayyorlashni buyurdi

AQSh prezidenti Jo Bayden 13 nafar amerikalik harbiy halok bo‘lgan Kobuldagi portlashlar uchun javobgarlikni o‘z zimmasiga olgan ISHID rahbarlari va obyektlariga zarba berishni buyurdi. «Biz kechirmaymiz. Biz unutmaymiz. Biz sizni qidirib topamiz va javob berishga majbur qilamiz», — dedi u.

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden
17 avgust 2021, 02:24

Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishdi — Jo Bayden

AQSh prezidenti Afg‘onistondan harbiylarni olib chiqib ketayotganidan afsusda emasligini aytib, Amerika Afg‘onistonda o‘z maqsadiga erishganini ma’lum qildi. «Bizning Afg‘onistondagi yagona hayotiy va muhim manfaatimiz AQShga nisbatan terrorchilik hujumlarining oldini olish bo‘lgan va shunday bo‘lib qoladi», — dedi u.

Jo Bayden Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashdi
29 iyul 2021, 12:31

Jo Bayden Svetlana Tixanovskaya bilan uchrashdi

AQSh prezidenti Jo Bayden Oq uyda Belarus muholifati yetakchisi Svetlana Tixanovskayani qabul qildi. Bayden AQSh «Belarus xalqini demokratiya yo‘lida qo‘llab-quvvatlashini» ta’kidladi.

«Afg‘oniston kelajagini hal qilish — afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati» — Jo Bayden
9 iyul 2021, 15:21

«Afg‘oniston kelajagini hal qilish — afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati» — Jo Bayden

AQSh Afg‘onistondan qo‘shinlarini chiqarishni 31 avgust kuni yakunlaydi. Amerika prezidenti Jo Bayden AQSh «Al-Qoida» rahbarini yo‘qotib, mamlakatdagi o‘z maqsadlariga erishganligini ta’kidladi. «Afg‘onistonning keyingi taqdirini hal qilish — faqat afg‘on xalqining huquqi va mas’uliyati», — dedi u.

Jo Bayden va Vladimir Putin uchrashuvidan eng muhim fikrlar
17 iyun 2021, 17:04

Jo Bayden va Vladimir Putin uchrashuvidan eng muhim fikrlar

AQSh va Rossiya prezidentlari Jenevada yuzma-yuz ko‘rishib, kiberxavfsizlik, inson huquqlari, mintaqaviy mojarolar va boshqa mavzularni muhokama qildi. Jo Bayden suhbat ohangini «yaxshi va ijobiy» deb atagan bo‘lsa, Vladimir Putin «sammitda hech qanday dushmanlik bo‘lmaganini» ta’kidladi.

Rossiya va AQSH prezidentlari Jenevada uchrashadi
25 may 2021, 19:45

Rossiya va AQSH prezidentlari Jenevada uchrashadi

Rossiya va AQSH prezidentlari 16 iyun kuni Jenevada muzokaralar olib boradi. Bu Jo Bayden AQSH prezidenti etib tayinlanganida so‘ng ikki davlat rahbarlari o‘rtasidagi birinchi uchrashuv bo‘ladi.

AQSH armanlar genotsidini rasman tan oldi
26 aprel 2021, 13:33

AQSH armanlar genotsidini rasman tan oldi

AQSH prezidenti Jo Bayden Usmonli imperiyasida armanlarning ommaviy qirg‘in qilinganini rasman tan oldi. Turkiya tashqi ishlar vaziri Mevlut Chavusho‘g‘li buni «siyosiy opportunizm» deb atadi. Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan bu qaror uchun Baydenga minnatdorchilik bildirdi.

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi
15 aprel 2021, 13:11

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqib ketishni boshlaydi

AQSH 1 maydan boshlab Afg‘onistondan o‘z harbiylarini olib chiqishni boshlaydi va bu jarayonni 11 sentyabrgacha yakunlashni rejalashtirmoqda. ««Abadiy urush»ga yakun yasash vaqti keldi», — dedi AQSH prezidenti Jo Bayden, AQSHning mamlakatga gumanitar yordam ko‘rsatishda davom etishini va Afg‘oniston hukumatini qo‘llab-quvvatlashini ta’kidlagan holda.

Qrim — bu Ukraina — AQSh prezidenti
27 fevral 2021, 11:49

Qrim — bu Ukraina — AQSh prezidenti

AQSh Qrimning Rossiyaga qo‘shilib olinganini hech qachon tan olmaydi, deya ta’kidladi Amerika Qo‘shma Shtatlari prezidenti Jo Bayden.

AQSHda koronavirusdan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirasiga bag‘ishlab besh kunlik motam e’lon qilindi
23 fevral 2021, 13:01

AQSHda koronavirusdan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirasiga bag‘ishlab besh kunlik motam e’lon qilindi

Jo Bayden AQSHda COVID-19 asoratlaridan vafot etgan 500 ming fuqaro xotirlash munosabati bilan besh kunlik motam e’lon qildi. U amerikaliklarni masofa saqlashga, niqob taqishga, shuningdek, vaksina bilan emlanishga chaqirdi.

Bayden Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi
5 fevral 2021, 12:21

Bayden Navalniyni zudlik bilan ozod etishni talab qildi

AQSH prezident Jo Bayden tashqi siyosat masalalari bo‘yicha qilgan nutqida Rossiya hukumatidan Navalniyni ozod etishni talab qildi. Jo Baydenning ta’kidlashicha, Navalniy «korrupsiyani fosh qilayotgani uchun o‘ljaga aylangan».

Jahon yangiliklari dayjesti
27 yanvar 2021, 20:41

Jahon yangiliklari dayjesti

Ukrainada Bayden va Poroshenkoga qarshi ikkita jinoiy ish ochilgani, Italiyada mafiyadan 124 mln yevrolik mol-mulkning musodara qilingani, Qirg‘iziston sobiq bosh vazirining hibsga olingani va boshqa yangiliklar — «Gazeta.uz»ning jahon yangiliklari dayjestida.

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Jo Baydenni tabrikladi
21 yanvar 2021, 14:50

Shavkat Mirziyoyev AQSH prezidenti Jo Baydenni tabrikladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev AQSHning yangi prezidenti Jo Baydenni davlat rahbari lavozimiga kirishgani bilan tabrikladi.

«Demokratiya qimmatbaho va mo‘rt narsa» — Jo Bayden
21 yanvar 2021, 10:13

«Demokratiya qimmatbaho va mo‘rt narsa» — Jo Bayden

Jo Bayden AQSHning 46-prezidenti sifatida ish boshladi. O‘zining inauguratsiya nutqida u saylov natijalarini demokratiyaning g‘alabasi deb atadi, amerikaliklarni bir-biridan farqli bo‘lishiga qaramay, yakdil bo‘lishga chaqirdi hamda Qo‘shma Shtatlar boshqa mamlakatlar bilan ittifoqlarni va global hamjamiyat bilan aloqalarni tiklashini va’da qildi.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting